Rucaptcha – rasmdagi belgilarni kiritib pul topish
27.05.2020

Rucaptcha – rasmdagi belgilarni kiritib pul topish

Rucaptcha proyekti orqali pul topish – bu juda oson. Keling proyekt bilan batafsil tanishishdan avval, kapcha o’zi nimaligi haqida gaplashamiz. Internetda spamerlar (juda katta miqdordagi hatlarni yuboruvchi yoki katta miqdorda registratsiya va boshqa narsalarni amalga oshiruvchi odamlar) paydo bo’lgach, ko’pgina saytlar keraksiz ma’lumot va ortiqcha registratsiyalarga to’lib ketti. Bunday vaziyatni yuzaga keltirish uchun spamerlar maxsus dasturlardan (robotlar, botlar) foydalanishadi. Ushbu holatni oldini olish uchun esa kapcha o’ylab topilgan.

Kapcha o’zi nima?

Kapcha (ingliz tilida Captcha) – bu to’liq avtomatlashtirilgan test bo’lib, Sizni robot yoki odam ekanligingizni tekshiradi. Kapcha raqamlar va harflar qorishmasidan hosil bo’lgan rasmdir.

Kapcha nima uchun kerak?

Kapcha, Internetni katta axlat makoniga aylantirayotgan ko’pgina spamerlarga qarshi kurashishda ishlatiladi. Agarda spamerlar dasturi, masalan forum yoki saytda ro’yxatdan o’tmoqchi bo’lsa, u 90% holatlarda kapcha orqali bartaraf etiladi.

Bir tomondan kapcha yahshi, lekin boshqa bir tomondan, shunday qiyin kapchalar borki, kapchani o’qiy oladigan dasturlar uyoqda tursin, oddiy odam ham o’qishga qiynaladi. Aslini olgandan kapcha haqida katta bir maqola yoki kitob yozishimiz ham mumkin, lekin asosiy mavzudan yiroqlashib ketamiz, shuning uchun bu mavzuga qattiq kirishmagan holda, yahshisi kapcha orqali qanday pul ishlash mumkinligi haqida gaplashaylik.

Kapchada pul topish nega buncha mashhur?

Internetda pul ishlashning turlari juda ko’p. Ulardan ko’pchiligida ishlash maxsus bilim va qobiliyat talab qiladi, shuning uchun agar Siz yangi bo’lsangiz, bemalol ishlay oladigan usullarga qarang, masalan ulardan biri kapchada pul topish.

Internetda ishlash “Kapcha bu pullar”. Bir qancha afzalliklarga ega:

Eng muhimi, bu yerda foyda olishning chegarasi yo’q. Qancha ko’p vaqt sarflasangiz, shuncha ko’p pul topasiz.

Kapcha bilan ishlashdan kimlarga foyda?

Kapchada qanday ishlash kerak? Ishning mohiyati.

Kapchada ishlashning ma’nosi – rasmdagi belgilarni tanishdir (aniqlash). Rasmlar (kapcha) har xil bo’lishi mumkin: raqamdan, lotin yoki kiril harflaridan yoki birdaniga hammasidan iborat bo’lishi mumkin. Hozirda kapchaning ko’pgina yangi turlari chiqqan. Ular bilan ish davomida tanishib olasiz.

Kapchani aniqlaganingizdan so’ng, undagi qiymatni kerakli maydonga kiritish zarur (pastda buni qanday qilishini ko’rsatib o’tamiz).

Qancha tez rasmni (kapchani) aniqlab va qancha tez yozsangiz, shuncha ko’p pul topasiz. Aslida ishlaganingiz sari tezligingiz ham oshib boradi. Deylik ikki soatdan keyin siz pulemyotga aylanasiz 🙂

Diqqat! Tezlik va pulni ortidan quvib, shuni esdan chiqarmangki, har bir kiritgan xato kapchangiz uchun pul olmaysiz, agar xatolar soni ko’payib ketsa akkauntingizni bloklab qo’yishlari ham mumkin. Shuning uchun e’tiborliroq bo’lamiz.

Kapchani kiritib pul ishlash, kapcha-saytlar ro’yhati:

Internetda kapchani aniqlash bo’yicha ishlaydigan saytlar juda ko’p, lekin ularni hammasi ham yahshi emas. Bir xil saytlar siz ishlab topgan umuman pulni to’lamasliklari, bir xillari esa pulingiz ko’paygach akkauntingizni bloklab qo’yishlari mumkin. Biz esa 2014 – yildan beri sinalib kelayotgan proektda ishlaymiz, agarda yana yahshilari paydo bo’lsa, albatta bu yerga qo’yamiz.

Rukapcha sayti (Rucaptcha). Kapchada pul ishlash!

Rucaptcha proekti webmasterlarga pul evaziga kapchani aniqlab beradi, foydalanuvchilarga esa kapchani aniqlash orqali pul topish imkonini beradi.

Biz bu proekt orqali oxirgi olgan daromadimiz rasmi:

Ro’yhatdan o’tish jarayoni juda oddiy, bu Sizga qiyinchilik tug’dirmasligi kerak 🙂 Rucaptchada ro’yhatdan o’tish uchun bu yerga bosing:
RuCaptcha - заработай на вводе каптч

Ro’yhatdan o’tish

Bu qatorni o’qiyotganingizda Siz ro’yxatdan o’tib bo’lganingizga ishonamiz, demak tizimni yahshilab o’rganib chiqamiz.

Darhaqiqat Rucaptcha saytining ishlash muhiti (interfeys) va ishlash jarayoni juda oddiy va tushunarlidir. Bu yerda pul topish juda oson va alohida bilimga ega bo’lish shart emas.

Rucaptcha interfeysi. Sayt bilan tanishamiz!

Akkauntingizga birinchi marta kirar ekansiz saytning shart va qoidalarini qabul qilishingiz kerak, so’ngra «Начни зарабатывать» menyusiga kiramiz, bizning ko’z o’ngimizda asosiy ish maydoni ochiladi. Ishlashni boshlashdan oldin keling uni yahshilab tushunib olamiz:

«За сессию заработано» oynasi – ushbu sessiyada qancha pul  ishlaganingiz va kapchalar sonini ko’rsatadi.

«Старт» ↔ «Стоп» tugmasi – kapcha aniqlash boshlanishini boshqaradi.

«Включить звук» ↔ «Отключить звук»  tugmasi – Yangi kapcha ko’ringanda ovoz chiqishi.

«Получать капчи» maydonidan sizga aynan qanday kapchalar kerakligini tanlashingiz mumkin: «русские + цифры» – kirilcha harf va raqamlar, «латинские + цифры» lotincha harf va raqamlar, yoki «Все капчи» – aralash.

Maslahat! «латинские + цифры» juftligida ishlash osonroq, chunki doim klaviaturani lotindan kirilga o’tkazish shart bo’lmaydi, yoki aksincha, sizga kiril qulay bo’lsa faqat «русские + цифры» da ishlang.

Rucaptchada kapchalarni kiritib pul topishni boshlaymiz:

  1. «Старт» tugmasini bosamiz → bizga kapchani ko’rsatish va kiritish oynasi ochiladi, hamda «Ставка» – to’g’ri kiritilgan kapcha uchun to’lanadigan narx.
  2. Paydo bo’lgan kapchani aniqlaymiz.
  3. Kerakli maydonga kiritamiz va «Отправить» ni bosamiz yoki enter tugmasini bosish ham mumkin 🙂

Agarda, paydo bo’lgan rasm sizningcha kapcha hisoblanmasa «Это не капча» tugmasini bosamiz. Eng yahshisi bu tugmani ishlatmay qo’yavering, chunki adashsangiz sizni bloklab qo’yishadi.

Agar siz «русские + цифры» juftligida ishlayotgan bo’lsangiz,  aniqlashga esa inglizcha kapcha kelsa «Капча на английском» tugmasini bosishingiz mumkin. Bu tugmani bosish orqali biz tizim xato qilganini bildiramiz.

Pastda yashil chiziq bo’lib, u yozmay turganingizda qisqaradi. Agar kapchani kiritishni boshlasangiz, har bir tugmani bosganingizda u joyiga qaytadi. Agar chiziq chap tomonga oxirigacha yetib borsa, siz uxlash rejimida hisoblanasiz va “Стоп” tugmasi ishga tushadi.

Bizning har bir kiritgan kapchamizni to’g’ri noto’g’riligini tekshirishni iloji yo’q. Lekin, tizim tomondan kapchalar orasiga tekshirilgan kapcha qo’shib yuborilishi mumkin, agar siz uni noto’g’ri kiritsangiz, tizim tezda sizni ogohlantiradi va bloklab qo’yadi. Tekshirilgan kapchani ajratib bo’lmaydi, shuning uchun adashmaslikka harakat qiling. Albatta bir nechta noto’g’ri kiritilgan kapcha uchun sizni bloklab qo’yishmaydi, lekin ularni soni oshib ketsa o’zingizdan hafa bo’ling!

Kapchalar asosan tohtamasdan keladi, bir xillarida esa ozgina toxtab qoladi, uzog’i 5-10 sekund.

Maslahat!  Agarda Siz kapchani tezda aniqlay olmasangiz yoki qiynalsangiz, u holda «Не могу разобрать» tugmasini yoki ALT+Q ni bosib, boshqa kapchalarni aniqlaganingiz yahshi.

Agarda Sizda bu yerdagidan tashqari savolingiz bo’lsa, iltimos ularni izoh orqali qoldirsangiz. Hamda ruschani tushunsangiz rucaptcha saytida spravka bo’limini o’qing!

Rucaptchada pul topish va ishlashning sirlari!

Aziz foydalanuvchi hozir Rucaptchada ishlashning bir qancha afzalliklarini ko’rib chiqamiz:

  1. Ishchining reputatsiyasi (obro’) va qiyin topshiriqlar uchun bonus.
  2. Aniqlashda xatolik uchun pulni muzlashi.
  3. Ishlab topgan pullarni qanday yechamiz?
  4. Qanday qilib ko’proq pul topish mumkin?
  5. Kapchada avtomatik tarzda ishlash mumkinmi?

1) Ishchining reputatsiyasi (reyting)  va qiyin kapchalar uchun bonus.

Tizimda reyting mavjud bo’lib: har 1000 ta kiritilgan kapcha uchun reytingga 1 ball qo’shilib boradi. Rucaptcha reputatsiyasi bizga nima beradi?

Бонус за сложные капчи (qiyin kapchalar uchun bonus) – Agarda Siz qiyin kapchani aniqlasangiz Sizga bonus taqdim etiladi. Uni hozirgi sessiyada ishlagan pulingiz bilan yonma-yon ko’rishingiz mumkin, lekin tizim kapchani qiyinligini qanday aniqlashi nomalum 🙂

2) Xato uchun pulni muzlashi

Sessiya so’ngida, agar kapcha noto’g’ri kiritilgan bo’lsa, ishlab topgan pulingizni bir qismini bloklab qo’yishlari mumkin.

«Заблокировано» tumasiga bosib, siz xato kiritgan barcha kapchalarni ko’rishingiz mumkin.

Tizimning bu qarori sizningcha noto’g’ri bo’lsa, u holda «Введено верно» (to’g’ri kiritilgan) tugmasini bosib, baxs ochishingiz mumkin. Administratsiya ushbu baxsli holatdan keyin kapchani yana bir bor tekshirib ko’rishadi va agar siz rostdan ham haq bo’lsangiz, pulingizni albatta qaytarib berishadi.

3) Pulni qanday yechish mumkin? Pulni yechishga buyurtma berish:

Pulni yechish uchun ikta tizimdan foydalanish mumkin:

  1. QIWI
  2.  WebMoney tizimining WMR – hamyoni.

Agar Siz Rossiyada bo’lsangiz! Telefoningiz hisobini to’ldirishingiz mumkin (Megafon, MTS, Bilayn, Tele-2).

Yechish mumkin bo’lgan eng minimal summa – 15 rublni tashkil etadi. WebMoney va QIWIga pul yechish to’liq avtomatlashtirilgan va pullar hisobingizga darhol tushadi. Telefonga tashlash esa belgilangan kunlarda amalga oshiriladi.

Pul yechishni buyurtma qilish uchun «Вывести средства» tugmasini yoki «Партнерская программа» → «Выплаты» bo’limiga kirib amalga oshirish mumkin.

Birinchi Sizdan WMR hamyoningiz yoki QIWI telefon raqamini kiritish so’raladi (bu jarayon bir marta bajariladi).

So’ngra pul yechish metodini tanlab, kerakli summani kiritamiz va «Заказать» tugmasini bosamiz. Qarabsizki changalda sho’rva 🙂

4) Qanday qilib kapcha orqali ko’proq pul topish mumkin?

Buning uchun kapcha aniqlashning narxi nimadan hosil bo’layotganini bilish kerak. Bu ikta faktordan iborat:

  1. Hozirda ishlayotgan ishchilar soniga – onlaynda odam qancha kam bo’lsa, kapcha narxi shuncha baland bo’ladi.
  2. Buyurtmachilar bergan topshiriqlar soniga – ish beruvchilar va kapchalar soni qancha ko’p bo’lsa, kapchaning narxi shuncha baland bo’ladi.

Hammasi chunarli deyotgan bo’lsangiz ajabmas, demak qaysi vaqtda ishlagan maqul ekan? Statistikaga ko’ra, shuni aniq aytishimiz mumkin: kapchada foydangizni oshirish uchun eng zo’r vaqt 00:00 dan 8:00 gacha, eng qimmat kapchalar oqimining vaqti esa 2:00 dan 4:00 gacha.

5) Kapchada avtomatik tarzda pul topish mumkinmi?

Javob: YO’Q! Kapchani avtomatik tarzda ko’radigan va yozadigan kompyuter yoki robot mavjud emas. Agarda bunday robot mavjud bo’lganda, webmasterlar bizni yordamga muxtoj bo’lmasdan, shu dasturni o’zlari ishlatgan bo’lar edilar.

Youtube va boshqa saytlarda, maxsus robot avtomatik tarzda kapchalarni o’zi aniqlab kiritayotgani tushirilgan videoni uchratish mumkin. Ko’pchilik buni ko’rib quvonchdan ichiga sig’magan bo’lsa ajabmas 🙂 Bu haqiqiy chuv tushirish! Ularning maqsadi Sizga dasturlarini sotib, o’zlari esa mazza qilib ustingizdan kulishdir.

Shunig uchun do’stlar, bunday dasturlarga ishonmang, nafaqat pulingizni yo’qotasiz, balki virus ham orttirib olasiz!

Kapchada qancha ishlash mumkin? Fikrlar.

Biz har bir to’g’ri topgan kapchamizning narxi 0,01 – 0,02 rublni tashkil etadi, bundan tashqari, har bir qiyin kapcha uchun bonus ham mavjud. 1-2 soat ishlash orqali 20-30 rubl (bu  2000-3000 so’m degani, google saytidagi kurslarga tayangan holda 1wmr = 100so’mga teng) pul ishlab qo’yish mumkin. Albatta bu summa katta emas, lekin tan oling ish ham qiyin emas. Uyda o’tirasiz, klaviaturada tugmalarni bosasiz, bu uchun esa Sizga pul to’lashsa, ahir bu zo’rku!

Kapcha kiritib pul topish pul topish. Video darslik

Albatta, kapchani aniqlash uchun kvartira sotib olishga pul yig’ish qiyin, lekin 2-3 kun ishlab o’tirib, telefoningiz va Internetingizga pul to’lashingiz mumkin.

Va yana bir bor qaytaramiz, bu yerning eng ustun tomoni, hech qanday maxsus qobiliyat egasi bo’lishingiz shart emas, hammasi 2 karra 2 ga o’xshab oddiy. Kirdingiz → Kapchani aniqladingiz → Pul ishladingiz. Bo’ldi!


Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *